Ilgiz Tantashev klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi o'yinga tayinlandi

Alisher Ostonov
22 iyun 2025
Joriy yilning 14 iyunidan 13 iyuliga qadar Amerika Qo'shma Shtatlarida klublar o'rtasidagi Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Turnirda Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ham ishtirok etishmoqda.

Ilgiz Tantashev musobaqaning 3-turidan o'rin olgan “Inter“ – “River Pleyt" o'rtasidagi uchrashuvga tayinlov oldi.

Hakamlar:

Ilgiz Tantashev (O'zbekiston)

Andrey Sapenko (O'zbekiston)

Timur Gaynullin (O'zbekiston)

Kempbell-Kirk Kavana-Vo (Avstraliya)


Alisher OstonovMuallif
Manba: ЎзФҲМ