Ikrom Aliboev: “Yangi jamoamning g'alabalariga o'z hissamni qo'shmoqchiman"

Оқил Абдубарноев
21 yanv 2022
“Paxtakor” o'z safiga tajribali yarim himoyachi Ikrom Aliboevni qo'shib oldi. Shundan so'ng Aliboev yangi jamoasi borasida fikrlarini ma'lum qildi.

“Paxtakor”ga o'tishi borasida

“Menga “Paxtakor” mutasaddilaridan taklif bo'ldi va buni qabul qildim. “Sherlar” bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdim. Bu erga o'z oldimga katta maqsadlarni qo'ygan holda tashrif buyurdim. Yangi mavsumda jamoaning g'alabalariga o'z hissamni qo'shishni istayman. 

Sobiq jamoasidan tushgan taklif haqida

“Lokomotiv” ham taklif bo'ldi. Biroq men avvalroq “sherlar” bilan kelishib qo'ygandim. Bu borada sobiq jamoamga minnatdorchiliknim bildiraman. 

Koreyadagi faoliyati xususida

Janubiy Koreyadagi bir yillik faoliyatimdan qoniqish hosil qildim. Qolgan vaqt davomida esa buning aksi bo'ldi. Negaki, jarohatlar sababli etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'la olmadim.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia