Ikrom Aliboev: "Seul"dan ketganim yo'q"

Narzulla Saydullayev
31 dek 2020
Xabaringiz bor, O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev ayni paytda "Seul" klubida faoliyat olib bormoqda.

Bugun tvitterdagi Korea Football News sahifasi "Seul" Adriano va Aliboev bilan xayrlashdi" degan xabarni tarqatdi.

[instagram]

  [/instagram]

Bunga oydinlik kiritish maqsadida Ikrom Aliboev bilan bog'landik.

"Adriano klubdan ketgani rost. Lekin men haqimdagi xabar shunchaki mish-mish. Bir necha kun oldin Seulga uchib keldim va ayni paytda klub taqdim etgan kvartirada karantindaman. Karantin muddati yakunlangach jamoa mashg'ulotlariga qo'shilaman. Xalqimizni yangi yil bilan tabriklayman. Yangi yilda hammaga faqat va faqat sog'lik tilayman.", - deydi Ikrom Aliboev championat.asia saytiga.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia