Ikkinchi sariq kartochkani olgan Abduqodir Xusanov nega maydonni tark etmadi?

Mirjalol Normatov
13 sen 2023
Kecha U-23 Osiyo Kubogi saralashida O'zbekiston va Eron termalari bahs olib bordi.

Ushbu uchrashuvning 90-daqiqasida vatandoshlarimiz himoyachisi Abduqodir Xusanov sariq kartochka oldi va bu hamma o'ylaganidek uning ikkinchi sariq kartochkasi emasdi.

Umuman olganda bahsning 41-daqiqasida ko'rsatilgan sariq kartochka titrda yozilganidek Abduqodir Xusanovga atalmagandi.

OFK protokoliga e'tibor beradigan bo'lsak, 41-daqiqada Muhammadqodir Xamraliev hamda Ulug'bek Xoshimovga sariq berilgan. Abduqodir Xusanovda esa sariq 90-daqiqada ko'rsatilgan. Demak, barchasi joyida, hech kim xato qilmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia