Ikkinchi marta Olimpiada chempioni bo'lish istagidagi Fazliddin G'oibnazarov bilan intervyu

Aziz Tukhtamuradov
5 iyun 2018, 20:20
Fazliddin G'oibnazarovning havaskor boksda hali qiladigan ishlari bor.

To'g'ri, u Olimpiada chempioni! Ammo, hozircha O'zbekistonda ikki karra Olimpiya o'yinlarining oltin medalini qo'lga kiritgan bokschi yo'q. Harakat qilsa arziydigan maqsad, shunday emasmi? Asosiysi, huddi ikki yil oldingidek unga yana ishonch bildirilishi lozim. E'tiboringizga bokschi bilan uyushtirilgan suhbatni taqdim etamiz.

Professional boksdagi faoliyat haqida

Professional boksdagi faoliyatim muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bugungi kungacha to'rtta jang o'tkazib, ikkitasida nokaut evaziga g'alaba qozondim. Navbatdagi jangim 14 iyul kuniga rejalashtirilmoqda. Raqibim hozircha noma'lum. Yaqin orada aniq ma'lumotlar e'lon qilinadi. Professional boksdagi qiyinchiliklar haqida gapiradigan bo'lsam, vazn borasida biroz qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Havaskor boksda -64kg vazn toifasida jang o'tkazardim. Hozir esa 61,2 kg (135 funt) vaznli bokschiman. Umuman olganda ko'nikish qiyin bo'lgani yo'q. Ahir professional boksga karate orqali kirib borganim yo'q-ku.

Havaskor boksda hali o'z so'zimni aytganim yo'q

Olimpiada chempioni bo'lganimga qaramay, havaskor boksda hali erishishim lozim bo'lgan yutuqlar bor. Ahir O'zbekistonda hali boks bo'yicha ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni yo'q. Nima uchun men bu borada birinchi bo'la olmasligim kerak? Agar Milliy olimpiya qo'mitasi, murabbiylar shtabi tomonidan shunday taklif bo'lsa faxr va iftixor bilan Olimpiya o'yinlarida vatanim sharafini himoya qilaman. Asosiysi menga ishonishlari lozim. Men doimo tayyorman. Riodagi Olimpiada oldidan tarkibda mendan ham kuchli bokschilar bor edi. Ammo, murabbiylar shtabi menga ishonch bildirdi. Orada mag'lubiyatlarga ham uchradim. Olimpiada finalidagi raqibim Lorenco Sotomayorga...


Intervyuning davomini quyidagi sahifada o'qishingiz mumkin > > > Fazliddin G'oibnazarov: "Olimpiya o'yinlarining ikki karra chempioni bo'lishni istardim"


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com