Ikkinchi bosqich yakunlari. Ligada o'z o'rnini arang saqlab qolgan “Xotira-79” haqida

Narzulla Saydullayev
14 noya 2014
Birinchi ligada ikkinchi mavsumni o'tkazgan “Xotira-79” birinchi bosqichda bir alanga olib, shunchalik tez o'chib qoldi.
Chempionatga o'z tarkibini tajribali o'yinchilar bilan kuchaytirgan xolda, kirib kelgan uychiliklar davralar oralig'ida sezilarli yo'qotishlarga duch keldi. Murabbiylar shtabi mavsumning qolgan qismini asosan mahalliy o'yinchilar o'tkazishni maqul topdi. “Xotira-79”ning rasmiy bosh murabbiyi Usmon Asqaraliev ham sog'ligi bilan bog'liq tufayli jamoa bilan ko'p bo'la olmadi. Natijada bu ham futbolchilarga salbiy o'tkazdi chog'i. Shu bois “Xotira-79” ikkinchi bosqichda o'zgardi, qoldi. Jamoa ligadagi o'rnini ham so'nggi turda arang saqlab qolishga erishdi.   

Ikkinchi bosqichda “Xotira-79”ning qaydlari quyidagicha bo'ldi.

 

O'yinlar

15

Gollar

26

Uyda

15 (57,69%)

Safarda

11 (42,31%)

O'tkazib yuborilgan gollar

36

Uyda

18 (50%)

Safarda

18 (50%)

O'rtacha urilgan gollar

1,73

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

2,4

Uydagi ochkolar

5/21 (23,81 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

6/24 (25 %)

Eng yirik g'alaba

5:3 – “G'allakor”

Eng yirik mag'lubiyat

1:5 – “Sho'rtan”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

0 (0%)

Gol ura olmagan o'yinlar

1 (6,67%)

Irodali g'alaba

1

Irodali durang

3

Irodasiz mag'lubiyat

3

Irodasiz durang

2

Yirik g'alaba

0

Yirik mag'lubiyat

1

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/1

Ogohlantirish (o'rtacha)

30 (2)

Chetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,13) - 2/0

Muxlislar (jami/o'rtacha)

14055/937

 
Jamoa ikkinchi bosqichda jami 26ta gol kiritdi. Har bir uchrashuvda o'rtacha 1,73tadan to'p demakdir. Farhod Shokirov ikkinchi bosqich o'yinlarida o'z hisobiga 7ta gol yozdirib qo'ygan xolda, jamoa to'purariga aylandi. 

Kim qancha gol urdi?
 

Futbolchi

Gol

pen.

Farhod Shokirov

7

Abdurazzoq Jo'raev

5

(4)

Abdulaziz Yusupov

4

Islom Abduqodirov

2

Temur Sultonov

2

Shuxrat Hamidov

2

Abdulaziz Sultonov

1

Xusan Ershaev

1

G'ulom Otavaliev

1

(1)

 
Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia