Iker Kasilyas: Mayamiga ketmoqchi emasman, Portuda baxtliman

Narzulla Saydullayev
6 may 2016, 10:15
Portu posboni Iker Kasilyas klubni tark etmoqchi emasligini ma'lum qildi.

Mayamiga ketmoqchi emasman. Portuda baxtliman va barchasi menga yoqmoqda.

Albatta barcha musobaqalarda o'ynashni istayman (Kasilyas kubok o'yinlarida o'ynamadi), ammo zaxiradagilarga ham imkon berish kerak. Jamoa safida ko'p futbolchilar bor.

Keyingi mavsumda sovrinlar yutishga harakat qilamiz, – deydi Kasilyas.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com