Ikardiga A Seriyadan taklif bor

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023
PSJ hujumchisi Mauro Ikardi Italiyaga qaytishi mumkin.

Uning xizmatlariga "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Turin klubi hujumchi uchun 9 mln evro to'lashga tayyor turibdi.

O'tgan mavsumni Ikardi ijara asosida "Galatasaroy" tarkibida o'tkazdi va 26 o'yinda 23 gol hamda 8 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe