Ikardi uchun davogar ikkita klub nomi aytildi

Alisher
15 noya 2021
Qishki transfer oynasida PSJdan kyetishga qaror qilgan argentinalik forvard Mauro Ikardi Yevropaning ikki grand klubi e'tiborida bo'lib turibdi.

Hujumchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" va Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Matraschilar" Luis Suaresga o'rinbosar izlashmoqda, "keksa sinora" esa Alvaro Morataning o'yin darajasidan norozi.

Ikardi transfermarkt'dagi narxi 35 million evroga teng. Parij klubi futbolchi bilan ushbu narx evaziga xayrlashishga tayyor.


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes