Ikardi "Roma"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
25 iyul 2021
PSJ forvardi Mauro Ikardi "Roma"ga o'tishi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, forvardning agenti Vanda Nara Rim klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Ikardining o'zi ham A Seriyaga qaytishni istamoqda. Bunga qadar u "Sampdoriya" va "Inter" kabi klublar tarkibida ham harakat qilgan.

O'tgan mavsumda 28 yoshli hujumchi  PSJ tarkibida 28 o'yinda qatnashib, 13 gol va 6 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2024 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia