Ijara davrida Feliksning maoshini "Chelsi" to'laydi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2023, 23:50
Joau Feliksni ijaraga olishga tayyor turgan "Chelsi" uning maoshini ham to'lashga rozi.

Eslatib o'tamiz, London klubi portugaliyalik futbolchining ijarasi borasida "Atletiko" bilan kelishib olgan. "Ko'klar" 11 mln. evro to'laydi

Ma'lumotlarga ko'ra, "Chelsi" mavsum oxirigacha Feliksga 5,3 mln. evro to'laydi. Shu bilan birga shartnomaga futbolchini sotib olish huquqi qo'shilish mumkin, ammo "Atletiko" bunga qarshi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen