Iguain va Bernardeski jarohat tufayli "Atalanta"ga qarshi o'ynay olmasliklari mumkin

Aslanov Jasurbek
19 fev 2018
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain va Federiko Bernardeski "Torino"ga qarshi A Seriyaning 25-tur uchrashuvida (1:0) jarohat olishdi.

Bu ikki futbolchi "Atalanta"ga qarshi 26-tur o'yinid maydonga tusha olmasliklari mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Iguain bir haftaga safdan chiqdi. Bernardeskining jarohati esa jiddiyroq. U uzoqroq muddat maydonga tusha olmasligi mumkin. "Torino"ga qarshi uchrashuvda italiyalik chap tizzasiga zarba qabul qilib oldi. Yaqin vaqt ichida futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

"Yuventus" va "Atalanta" 25 fevral kuni A Seriyaning 26-tur uchrashuvida to'qnash kelishadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia