Iguain "Real" haqida: "Ronaldo, Bekxem, Raul, Kannavaro... U erda kimlar bilan o'ynaganimni eslasam, xaligacha hayajonlanaman"

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022
Hujumchi Gonsalo Iguain "Real"dagi faoliyatini yodga oldi.

2006 yili "River Pleyt"dan "Real"ga o'tgan futbolchi 2013 yilga qadar "qaymoqranglilar" tarkibida o'ynagandi.

"Barcha menga yaxshi munosabatda bo'lgan. Roberto Karlos doimo kamtar va biz haqimizda qayg'urardi. Ronaldo, Elgera, Kannavaro, Raul, Bekxem... Ularning sanog'iga yetib bo'lmaydi.

Agarda o'zim o'ynagan barchani sanaydigan bo'lsam, hayajonlanishim aniq. Haligacha o'zim ham ular bilan o'ynaganimga ishonmayman. Roberto Karlos bilan o'ynaganman, Ronaldo doimo to'g'rimda turardi. Ajoyib faoliyat!", - dedi "Inter Mayami" futbolchisi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal