Igor Shkvirin: "Bunyodkor"ni yutish uchun 1 ta gol urish kamlik qiladi"

Sherzod Nurmatov
22 okt 2021
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Turon" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Igor Shkvirin fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- Shubhasiz, biz mag'lubiyatga loyiq emasdik. O'tgan o'yinlardagi kabi vaziyatlardan foydalanishda qiynaldik. "Bunyodkor"ni yutish uchun 1 ta gol urish kamlik qiladi. Qarshi hujumlar orqali gollar o'tkazib yubordik. Birinchi taymni oladigan bo'lsak, mezbonlar aytarli xavfli holatlarni yuzaga keltirishmadi. Har bir o'yinda hosil qilayotgan vaziyatlarimizdan hech bo'lmaganda 50 foizidan foydalana olganimizda edi, hozirgi o'rnimizdan yuqoriroqda turgan bo'lardik. 8-9 ochkoni shu orqali yo'qotdik.

- "Surxon" g'alaba qozondi. "Turon"ning Superligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Oldin aytganimdek, hammasi oxirgi turlarda hal bo'ladi. Nazariy jihatdan imkoniyatimiz bor. Bugungidek mag'lubiyatlar jamoamizdagi ichki holatga ta’sir qiladi va ishonch kamayadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia