Igor Sergeev: "Faqatgina o'zimizga kerakli natijani qayd etish haqida o'ylayapman"

Абдулвосит Бектемиров
5 iyun 2025
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev BAAga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin oson bo'lmasligi aniq. BAA nima qilib bo'lsa ham g'alaba qozonishga harakat qiladi, ularga g'alaba suv va havodek zarur. Eng asosiysi, to'liq koncentraciyada bo'lishimiz va o'yinga tanlangan taktikaga oxirigacha amal qilishimiz kerak. Bor kuchimizni ishga solgan holda, o'zimizga kerakli bo'lgan natijaga erishishimiz shart. BAAga qarshi o'zaro o'yinlarda to'purarligim haqida umuman o'ylaganim yo'q. Hozirgi vaqtda faqatgina o'zimizga kerakli natijani qayd etish haqida o'ylayapman" - deya fikr bildirdi Igor Sergeev bugungi o'yin oldidan.



5 iyun 2025, 21:00
United Arab Emirates — Uzbekistan
0 – 0
Tugadi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia