Ignatiy Nesterov faoliyatini qaysi klubda davom ettirishini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2019, 11:17
O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" darvozaboni Ignatiy Nesterov faoliyatini chet el chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "temiryo'lchilar" posboni Saudiya Arabistoni chempionatida ishtirok etayotgan "Ohod" klubiga o'tishi kutilmoqda.

"Ohod" ayni damda Saudiya Arabistoni chempionatida so'nggi o'rinni egallab turibdi. Klub 16ta uchrashuvda bor-yo'g'i 6 ochko to'plashga muvaffaq bo'ldi.

Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/mohamedalatfi1/