Igalo MYUdagi ilk golini urdi va uni vafot etgan opasiga bag'ishladi

Eldor Akmurzayev
28 fev 2020
Ayni daqiqalarda, Yevropa Ligasining 1/16 bosqichidan o'rin olgan MYU hamda “Bryugge” o'rtasida javob uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Bahsning 34-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Odion Igalo jamoadoshi Xuan Mataning uzatmasidan keyin to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi.

Igalo ushbu golini o'tgan yili olamdan ko'z yumgan opasiga bag'ishladi. 

Aytish joizki, 30 yoshli futbolchi “qizil iblislar” safida gol urgan ilk nigeriyalik futbolchiga ham aylandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: 433

O'xshash yangiliklar