Igalo: “Bu tushim yo o'ngimdaligiga hali ham ishonolmayman”

Eldor Akmurzayev
3 iyun 2020
“Manchester Yunayted” forvardi Odion Igalo klub bilan yangi shartnoma imzolgandan so'ng o'z hissiyotlari haqida gapirdi.

Avvalroq, MYU “Shanxay Shenxua” bilan kelishib, Igaloning ijara muddatini 2021 yilning 31 yanvarigacha uzaytirgandi.

“Juda hursandman. “Manchester Yunaytedda o'ynash – bu orzu. Endi bu erda yanvar oxirigacha qolishimni bilaman, bu juda zo'r. Men haqimda turli xil gap-so'zlar yangradi, ammo barchasi aynan shunday tugaganidan baxtiyorman. Endi bari rasmiy tarzda hal bo'ldi.

“Manchester Yunayted”da o'ynasang, jamoalarga boshqacha qaraysan. Sen dunyodagi eng yetakchi klublardan biri uchun o'ynashingni sezasan. Buni klub xodimlarining faoliyati, yaratib berilgan sharoitlar orqali ko'rish mumkin. Bu erda barchasi odatdagidan juda ham farq qiladi. Bularning hammasi tushim yo o'ngimdaligiga hali ham ishonolmayman”, deydi Igalo.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: manutd.com