MYU sobiq futbolchisi: "Ronaldu pul sabab o'ynamoqda"

Aziz Tukhtamuradov
28 iyul 2023, 08:58
MYU va "Al Hilol" sobiq futbolchisi Odion Igalo Krishtianu Ronaldu haqidagi savolga javob berdi.

"Bu uch yildan ko'pga cho'zilmasligini bilaman. Men butun umrim davomida xohishimga ko'ra o'ynaganman, endi esa pul uchun. Men kelib "Bu yerda istagimga ko'ra o'ynayapman" deydigan futbolchilardan emasman. Do'stim, bu pul uchun.

Ronaldu o'zi istab o'ynayaptimi? U men butun faoliyatim davomida ishlaganimdan 100 barobar ko'p pul topgan. Lekin baribir Saudiya Arabistoniga yo'l oldi. Buni o'z istagiga ko'ra qildimi? Buning sababi - pul", - dedi Igalo. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal