IFFHS klublarning yangi reytingini taqdim etdi: unda O'zbekistonning uch jamoasi o'rin oldi

Оқил Абдубарноев
11 mar 2024
Ulardan ikkitasi ro'yxatda yonma-yon joylashgan.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) klublarning yangi reytingini tuzib chiqdi.

Ro'yxat 2023 yilning 1 martidan 2024 yilning 29 fevraligacha bo'lgan davrdagi natijalarni qamrab olgan.

Unga ko'ra, O'zbekistonning uch klubi mazkur ro'yxatdan o'rin oldi. Jumladan, Qashqadaryoning "Nasaf" klubi 190-o'rinda qayd etilgan bo'lsa, Namanganning "Navbahor" klubi 191-o'rinda joylashgan. Shuningdek, Toshkentning "Paxtakor" klubi 395-o'rinni egallagan.

Reytingda Angliyaning "Manchester Siti" klubi yetakchilik qilmoqda. Ispaniyaning "Real Madrid" klubi ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Italiyaning "Inter" klubi kuchli uchlikka yakun yasagan.

Osiyo klublari orasida "Al Hilol" (73) peshqadam hisoblanadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: IFFHS