Ibrohimhalil Yo'ldoshev – "Nijniy Novgorod"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi!

Sherzod Nurmatov
7 apr 2022
Rossiya klubi matbuot xizmati o'tgan oy sarhisobini ma'lum qildi.

Unga ko'ra mart oyining eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi.

G'alabani O'zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi, Moskvaning "Spartak" klubi darvozasini ishg'ol etgan Ibrohimhalil Yo'ldoshev qo'lga kiritdi. U muxlislar tomonidan 714 ta (55,35%) ovozga ega bo'ldi. 

Undan keyingi o'rinlarni darvozabon Artur Nigmatullin (30,47%), himoyachi Kirill Gocuk (6,82%) va yarim himoyachi Nikolay Kalinskiy (3,8%) band etdi.

Hamyurtimizni o'ziga xos yutuq bilan tabriklaymiz!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcnn.ru