Ibrohim Halil Yo'ldoshev: "Turnirda birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
18 iyun 2023
O'zbekiston hamda Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan (5:1) so'ng Ibrohim Halil Yo'ldoshev ushbu o'yin haqida fikr bildirdi.

Ibrohim Halil Yo'ldoshev: "Yaxshi o'ynadik, birinchi bo'limda biroz omad etishmadi, vaziyatlardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'zimizga keldik, gollar urdik, zaxiradan tushganlar ham ajoyib harakat qilishdi".

- Turkmanistonga qarshi bahsda terma jamoa o'ziga o'xshamadi, bugun siz va boshqalar bemalol "ijod" qilishdi.

- Turkmaniston terma jamoasi futbolchilari ko'proq azartga ega edi. Tojikiston bilan bahsda xatolar kamroq bo'ldi, Turkmanistonga qarshi uchrashuvda ko'p vaziyat yarata olmadik.

- Eronga qarshi bo'ladigan bahs haqida fikrlaringiz?

- Eron Osiyoning eng zo'rlaridan biri. Muxlislarni xursand qilib, birinchi o'rinni qo'lga kiritmoqchimiz.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia