Ibragimovich "Milan"ga achinayotgani, "Yuventus" hamda "Inter"ning hozirgi mavqeyi haqida gapirdi

Eldor Akmurzayev
9 okt 2019
Los-Anjeles Gelaksi hujumchisi Zlatan Ibragimovich o'zi xarakat qilgan sobiq jamoalari haqida fikr bildirdi.

38 yoshli hujumchi Yuventus safida 2004-06 yillar, Interda 2006-09 yillar, Milan tarkibida esa 2010-2012 yillar oralig'ida harakat qilgan.

Milanni bu axvolda ko'rish men uchun juda ham og'ir. Ular kiritilayotgan sarmoyalar va natijalar bo'yicha yuqorida turadigan klub bo'lishi zarur. U erda dunyoning eng yaxshi futbolchilari bo'lishi kerak, lekin hozir unday emas. Mablag' kiritish kerak, yo'qsa ular hech narsaga erisha olishmaydi. Sifatni tekinga olib bo'lmaydi. 

Yuventus? Ular buyuk ishlarni qilishmoqda, ajoyib tarkibi sabab ular dunyoda Italiya futbolining timsoli hisoblanishadi. Interda ham barchasi joyida. Boshqa klublar ham bunga harakat qilmoqda ammo ular Yuventus darajasida emas. Inter ham biroz orqaroqda”, – deya qayd etgan Zlatan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Italia