

Oldinroq, futbolchining agenti Mino Rayola Italiya klubi bilan muzokara o'tkazishga tayyorligini aytgan edi.
Agar Ibragimovich "Milan"ga o'tsa, u zaxira futbolchisi bo'ladi, shu sababli forvard taklif haqida o'ylash uchun vaqt olgan.
Ibragimovich 2010-2012 yillarda "Milan" sharafini himoya qilgan. U rossonerlar safida 85ta uchrashuvda maydonga tushib, 56ta gol urgan. Joriy mavsum 37 yoshli hujumchi MLSning 25ta o'yinida ishtirok etib, 21ta gol urdi.



