Ibragimovich: "Kapelloning jaxli chiqsa hech kim uning ko'ziga tik qarolmaydi"

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2014
"PSJ" hujumchisi Zlatan Ibragimovich bir paytdar "Yuventus"da hozirda Rossiya terma jamoasi boshqarayotgan Fabio Kapello qo'l ostida to'p tepgan vaqtlarini eslab o'tdi.

"Kapelloning jaxli chiqib turgan bo'lsa, hech kim uning ko'ziga tik boqa olmasdi. Agar u yaratib bergan imkoniyatlardan to'g'ri foydalana olmaydigan bo'lsang, to'g'ri xod-dog sotishga o'tib ketaversang ham bo'laverardi. Kapelloga o'z muammolaring bilan borib, uni  birga muhokama qila olmaysan. U sening qandaydir bir o'rtog'ing emas. Futbolchilar bilan shunchaki gvplvshib o'tirmaydi. U go'yoki temir serjant: odamlarni majaqlab, boshqattan, yaxshiroq qilib yasab bera oladi.

U menga shunday derdi: "Men seni badaningga singgib ketgan "Ayaks" uslubingdan halos etishim kerak. Menga sening: "bir-ikki, bir-ikki", uni alda, bunisini alda, anavi eshrrining bilan devor uslubida o'yna, texnikangni ko'rsat, butun jamoani aldab o't, degan gollandcha qiliqlaring kerakmas. Usiz ham natijaga erishsa bo'ladi. Menga gollar  kerak, tushunyapsanmi? Sening kallangga italyancha mentalitetni quyishim, senda qotillarga xos instiktni shakllantitrishim kerak".

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru