

"Albatta biz kutgan natija qayd etilmadi. "Lokomotiv" hujumda tezkor o'yin namoyish etdi. Dastlabki 15 daqiqada ikkita xatoga yo'l qo'ydik, ulardan birida hakamning ham roli bo'ldi. Grafiteda qulay imkoniyat bo'lgandi, u vaziyatdan unumli foydalana olmadi", - deydi Amotta.
- Jamoaning tayanch yarim himoyasidagi muammolar nima bilan bog'liq?
- Talal Al Blushi va Yosir Yahyo jarohat bois bugun maydonga tusha olishmadi. Raqibda gol urish shijoati kuchli edi. Biz ularga qarshilik qila olmadik.
- Bugungi mag'lubiyatdan so'ng "Al Sadd"ning guruhdan chiqish uchun imkoniyat qanday?
- Hali oldinda bir qator o'yinlar bor. Guruhdan chiqish imkoniyatimiz bor. Oxirigacha kurashamiz.
- Bugun "Al Sadd" jamoaviy o'yin namoyish etmadi. Bir nechta futbolchilar asosan individual harakat qilishdi. Ular murabbiyning ko'rsatmasini bajarmadi desak bo'ladimi?
- Ko'rsatmalarimni bajarishmadi deya olmayman. Ikkita tezkor gol o'tkazib yubordik. Shunda o'yin tizginini qo'ldan chiqarib yubordik.
- "Lokomotiv" safida qaysi futbolchini alohida ko'rsata olasiz?
- Ularda barcha futbolchilar yaxshi o'ynadi. Hech bir o'yinchini alohida ko'rsata olmayman.
Narzulla Saydullaev



