Husniddin G'ofurov: “Nasaf”ga qarshi bahsda terma jamoadagi yig'inlar o'z foydasini berdi”

Narzulla Saydullayev
22 may 2016
O'zbekiston Kubogi nimchorak final javob o'yini doirasidagi “Nasaf”-“Neftchi” bahsidan so'ng mehmonlar vakili Husniddin G'ofurov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, 19 yoshli O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi mazkur bellashuvda o'z debyutini nishonladi.

- “Neftchi” safidagi birinchi o'yinimda biroz xayajon yuzaga keldi. Biroq barchasi tez o'tib ketdi. Ochig'i, “Nasaf” kabi kuchli raqibga qarshi qiyin kechgan bahsda terma jamoadagi tajribalarim asqotdi. Termadagi murabbiylarimiz himoyachi nafaqat himoyalanishda balki hujum tashkil qilinishida ham muxim rol o'ynashini haqida ko'p ko'rsatma berishardi. Bugun imkon qadar terma yig'inlari paytida yiqqan tajribalarimdan unumli foydalanishga harakat qildim. Jamoamizdagi tajribali futbolchilar xar doim yoshlar qo'llashadi. Endi keyingi bahslarda ham asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoamiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilaman, - dedi G'ofurov.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” jamoasi 19 yoshli markaziy himoyachini yangi mavsum oldidan G'uzorning “Sho'rtan” klubidan xarid qilgan edi.

“Neftchi” matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia