Hossein Taebi: "Biz bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik, g'alaba qozonishimiz kerak edi"

Абдулвосит Бектемиров
26 sen 2024
Eron futzal terma jamoasi a'zosi Hossein Taebi mundial doirasidagi Marokashga (3:4) qarshi kechgan bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Bugungi mag'lubiyat uchun va eronliklarga xursandchilik ulasha olmaganimiz uchun uzr so'rayman. Biz bugun mag'lubiyatga loyiq emas edik, g'alaba qozonishimiz kerak edi. Maqsadimiz final edi, ammo bunga erisha olmadik. Yana bir bor barcha eronliklardan kechirim so'rayman" - deya aytib o'tdi Hossein Taebi bugungi uchrashuv haqida.



Futzal bo'yicha JCH. Eron so'nggi soniyalarda penaltidan foydalana olmadi va musobaqani tark etdi.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: tasnim.news