Hisobot-saylov konferenciyasini o'tkazish to'g'risida O'zbekiston Futbol Federatsiyasining axboroti

Narzulla Saydullayev
21 avg 2017
2017 yilning 12 sentyabr kuni O'zbekiston Futbol Federatsiyasida tashkilot nizomiga muvofiq hisobot-saylov konferenciyasi o'tkaziladi.

Unda Konferenciya delegatlari, mehmonlar, matbuot vakillariga 2014–2017 yillarda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan O'FF prezidentining hisoboti, shuningdek, O'FFning moliyaviy hisoboti ham taqdim etiladi.

Konferenciyada O'zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidentlik saylovi bo'lib o'tadi. Bundan tashqari kun tartibidan yangi rahbariyat tarkibi, yangi strukturani tasdiqlash kabi masalalar ham o'rin olgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com