Hindiston sport vazirligi FIFAdan Toshkentda bo'lib turgan ayollar futbol klubining qita musobaqasida ishtirok etishi uchun ruxsat so'radi

Оқил Абдубарноев
19 avg 2022
Hindiston sport vazirligi FIFA va OFKga elektron maktub yo'llab, ularga taqiq belgilanishidan avval "Gokulam Kerala FK" ayollar klubi Toshkentga kelganini ma'lum qildi.

Vazirlik "Gokulam Kerala FK", qolaversa, "Mohun Bagan"ning OFK turnirlarida ishtirok etishiga ruxsat so'radi. Ma'lumot uchun, "Mohun Bagan" OFK kubogida ishtirok etadi.

Shuningdek, vazirlik Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasiga ham jamoaga yordam ko'rsatish uchun murojaat qilgan.

Avvalroq Toshkentda bo'lib turgan "Gokulam Kerala FK" klubi mamlakat bosh vaziri hamda sport vaziriga murojaat qilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: NDTV

O'xshash yangiliklar