OCHL. Bugun "Qaldirg'ochlar" "Gokulam Kerala" bilan o'ynaydi

Bugun ayollar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 3-tur bahslari o'tkaziladi.

Iordaniyaning Aqaba shahrida Ayollar Osiyo Chempionlar Ligasi bahslari davom etyapti. O'zbekistonning 2020 yilgi chempioni, Kubok sohibi “Bunyodkor-W” bugun Hindistonning “Gokulam Kerala” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu o'yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, "Qaldirg'ochlar" hisobida dastlabki 2 turdan keyin 3 ochko bor.

07.11. “Shahrdari Sirjan” (Eron) 2:1 “Bunyodkor”

10.11. “Bunyodkor” 1:0 “Amman klub” (Iordaniya)



Manba: championat.asia