Havaskorlar o'rtasidagi Toshkent shahar birinchiligi: 5-tur hisoboti

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2013
Havaskorlar o'rtasidagi Toshkent shahar birinchiligida 5-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Tur doirasida o'tkazilgan to'rtta o'yinning faqat bittasida durang qayd etildi. Umuman olganda, aynan shu durang musobaqa jadvalida ma'lum o'zgarishlar bo'lishiga ta’sir qildi. EastRoad va Do'stlik o'rtasidagi bahs 1:1 hisobi bilan yakunlandi va bu Do'stlikning ikkinchi o'rindan uchinchiga tushishiga sabab bo'ldi.

Do'stlikning qoqilishidan PSB-Yunusobod jamoasi foydalanib qoldi. DHLga qarshi o'yinda bankirlar 4:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Muvaffaqiyatli natija ularga ochkolar sonini 19tagacha ko'paytirib, ikkinchi o'ringa ko'tarilib olish imkonini berdi.

Musobaqada esa hamon Uzpromstroybank peshqadamlik qilmoqda. Bu safar ushbu jamoa o'yinchilari Choshtepadagi raqiblarini 7:1 hisobida mag'lub etishdi. O'tkazilgan beshta uchrashuvdan so'ng Uzpromstroybank yuz foizlik natijaga ega.

Musobaqaning 5-tur uchrashuvlari Pro-DJ jamoasi ilk g'alabani qo'lga kiritgani bilan ham e'tiborga molik. Ushbu jamoa O'zDTVni mag'lubiyatga uchratdi. Raqib darvozasiga oltitaga gol urgan Pro-DJ o'yinchilari atigi uch marta o'z darvozalaridan to'p olib chiqishdi. Ushbu g'alaba ularga musobaqa jadvalida oxirgi o'rindan oltinchi o'ringa ko'tarilib olish imkonini berdi.

Musobaqa birinchi bosqichida shu kungacha o'tkazilgan o'yinlar natijalari va keyingi o'yin kuni taqvimi:

5-TUR
28.07.2013
O'zDTV – Pro-DJ 3:6
EastRoad– Do'stlik 1:1
Uzpromstroybank– Choshtepa 7:1
PSB-Yunusobod – DHL 4:2

4-TUR
21.07.2013
Choshtepa – EastRoad 1:1
Pro-DJ – Uzpromstroybank 1:3
DHL– O'zDTV 7:1
Do'stlik – PSB-Yunusobod 5:1

3-TUR
14.07.2013
EastRoad– Pro-DJ 3:1
PSB-Yunusobod – Choshtepa 4:3
Do'stlik – DHL 1:1
Uzpromstroybank– O'zDTV 9:4

2-TUR
7.07.2013
Pro-DJ – PSB-Yunusobod 0:1
O'zDTV – EastRoad 3:2
DHL– Uzpromstroybank 1:7
Choshtepa – Do'stlik 2:13

1-TUR
30.06.2013
Choshtepa – DHL4:5
Do'stlik – Pro-DJ 4:0
PSB-Yunusobod – O'zDTV 3:2
EastRoad– Uzpromstroybank1:6

6-TUR
4.08.2013, O'zbekiston SM
9.00 Choshtepa – O'zDTV
10.15 Do'stlik – Uzpromstroybank
11:30 DHL– Pro-DJ
13:15 PSB-Yunusobod – EastRoad

Musobaqa jadvalidagi joriy holat

#

Jamoa

O'

YU

D

M

T-N

O

1

Uzpromstroybank

5

5

0

0

32-8

15

2

PSB-Yunusobod

5

4

0

1

13-12

12

3

Do'stlik

5

3

2

0

24-5

11

4

DHL

5

2

1

2

16-17

7

5

East Road

5

1

2

2

8-12

5

6

Pro-DJ

5

1

0

4

8-14

3

 7

O'zDTV

5

1

0

4

13-27

3

8

Choshtepa

5

0

1

4

11-30

1

To'purarlar:
Temur Galimov - O'zDTV - 9
Shuhrat Ahmedov - Uzpromstroybank - 8

Manba: www.ufa.uz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz