

Shouda qatnashgan Hasanjonning o'zi ham marosimdan keyin dadasiga futbol haqida gapiravergach, tadbir homiylaridan biri bo'lgan "Lokomotiv" professional futbol klubi uni o'z maktabining mashg'ulotlariga taklif etdi. Biz uchun ahamiyatlisi shundaki, Hasanjon Ergashev saytimiz tomonidan o'tkazilgan "Kelajak Yulduzlari-2015"da qatnashgan "Lokomotiv"ning 2006 yilda tavallud topgan yosh futbolchilari bilan mashg'ulot o'tkazdi.
Hasanjon 2016 yilning 2 yanvar kuni davolanish uchun Hindistonga uchib ketadi. Prezidentmiiz tomonidan "Sog'lom ona sog'lom bola" yili deb e'lon qilingan yangi yilda Hasanjonga sog'liq va omonlik tilaymiz!




