"Har yili shu ahvol. Bundesligadan faqat "Bavariya" va "Borussiya D" turnega boradi" - Andreas Yung

Sherzod Nurmatov
3 avg 2023
Myunxen klubi marketing bo'limi boshlig'i Andreas Yung Bundesliga klublari uchun afsusda ekanligini bildirdi.

"Har yili shu ahvol... Faqat biz ["Bavariya"] va "Borussiya D" turga yo'l olamiz. Afsus.

Angliya Premer-ligasining 20 ta jamoasidan 18 tasi marketing turga boradi – biz shunchaki o'tirgan holda, Angliya televideniedan bizdan ko'ra ko'proq pul oladi, deyishimiz noo'rin", – dedi mutaxassis.

Ma'lumot uchun, Angliyaning turli klublari xorij mamlakatlarida yig'in olib bormoqda. Bundesligadan esa faqat "Bavariya" hamda "Borussiya" Dortmund turnega yo'l olgan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: EuroFoot