"Har bir olingan ochko bizni Jahon chempionatiga yaqinlashtirmoqda" – Otabek Shukurov

Administrator
15 okt 2024
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida BAAni minimal hisobda mag'lub qildi.

O'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Otabek Shukurov o'yindan keyin kichik intervyu berdi.

"Alhamdulillah, uch ochko oldik. Qiyin o'yin bo'ldi. Biz juda ko'p vaziyatlar yaratyapmiz, ammo gol ura olmayapmiz. Bu menimcha bosim bilan bog'liq. Har bir o'yin juda qiyin o'tmoqda, lekin har bir olinayotgan ochkolar bizni Jahon chempionatiga yaqinlashtirmoqda. Shu bois muxlislardan bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini so'rab qolardim. Biz Jahon chempionatiga chiqishga qodirmiz", -deydi Otabek Shukurov


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia