Hamidjon Aktamov: "Qizil kartochka? Bu hakamlarning qarori"

Narzulla Saydullayev
2 apr 2016
"Qizilqum" menejeri Hamidjon Aktamov "Olmaliq"qa qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin bo'yicha biz "Olmaliq"ni o'rgangandik. Bahsni bitta hujumchi bilan boshladik. Keyin esa ikkinchi hujumchi - Shevchenkoni maydonga tushirdik. U o'z o'rnida jamoaga yordam berdi va muxlislarni xursand qildi. 

-Endi navbatdagi uchrashuv "Obod"ga qarshi bo'ladi...

-Keyingi o'yin "Obod"ga qarshi bo'ladi. Nasib qilsa Toshkentga g'alaba uchun boramiz.

-Sobir Usmonxo'jaev anchadan beri maydonga tushmayotgandi. Uni bugun maydonga tushirdingiz. Futbolchi o'ziga bildirilgan ishonchni oqlay oldimi?

-Sobir Usmonxo'jaev ishonchlarimizni oqlay oldi va bexato harakat qildi. U jarohat oldi. 

-O'yindagi qizil kartochka haqida nima deya olasiz?

-Qizil kartochka? Bu hakamlarning qarori. Men o'z ishimni qilaman, hakam maydonda o'z vazifasini bajaradi. 

-Jamoani jiddiy o'yinlar kutib turibdi. Endi tayyorgarliklar qanday bo'ladi? Yo'qotishlar yo'qmi?

-Tarkibda yo'qotishlar yo'q. Shu tempda davom etishga harakat qilamiz. Hali chempionat tugagani yo'q.

O'z maydonimizdagi ikkinchi o'yinni o'tkazdik. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ular bizga katta yordam berishdi", - deya o'z fikrlarini yakunladi mezbonlar ustozi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia