

"Har doim tanaffusdan keyin o'yinlar qiyin boshlanadi. Bugun ikkala jamoa ham qiynaldi. Juda qo'pol o'yin bo'ldi. Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman, "Metallurg"ga esa keyingi o'yinlarda omad tilayman", - deb gap boshladi Aktamov.
- Bugun "Metallurg"ga g'alaba uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- Bilmadim nima etishmadi. Oldingi o'yinlarda yutqazgani uchun bugungi bahsga boshqacha tayyorlanishini kutgandik. Raqib yaxshi o'ynadi, vaziyatlar yaratdi.
- "Metallurg" asosiy tarkibida hujumchi yo'qligi sizni ajablantirmadimi?
- Yo'q, ajablantirgani yo'q. Biz ham hujumchisiz ko'p o'ynaganmiz.
- Oybek Qilichev yozda jamoani tark etishi nima bilan bog'liq?
- Futbolchi o'zini xohishi bilan o'ynaydi to'g'rimi? Unga bizdan ko'ra yaxshiroq taklif bo'ldi va Farg'onaga ketdi.
- Keyingi turda "Andijon" bilan o'ynaysizlar...
- Bu o'yinga ham tayyorlanamiz, safarga g'alaba uchun boramiz.



