Hamidjon Aktamov: "Kubokda tashashamiz va nasib qilsa oxirigacha boramiz"

Narzulla Saydullayev
29 noya 2020, 21:37
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin biz kutgandan ham yaxshiroq bo'ldi. Jangovor, yakkakurashlaga bor o'yin bo'ldi. Menimcha durang adolatli bo'ldi. Maydonni va boshqa faktorlani hisobga olib shunga yarasha taktika tanlagandik. G'alabani ko'zlab maydonga tushgandik, vaziyatlardan foydalana olmadik va durang bo'ldi.

Mavsum qiziq bo'ldi deb o'ylaymayman, pandemiya, tanaffuslar va boshqalar. Biz emas barcha klublar ancha qiynalishdi.

Kubokda tashashamiz va nasib qilsa oxirigacha boramiz", - deydi Hamidjon Aktamov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia