Hamidjon Aktamov: "Hamma sharoit bor, futbolchilarga yana nima qilib berish kerak bilmadim?"

Narzulla Saydullayev
21 noya 2021
Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun "Mashal" uchun ham, biz uchun ham muhim edi. Birinchi taymda yaxshi o'ynab turgandik, ikkinchi taymda nimadir o'xshamadi. Hamma sharoit bor, futbolchilarga yana nima qilib berish kerak bilmadim? Balki bitta tarkib butun mavsum davomida o'ynagani uchun charchab qolishdimi, bilmadim. Muxlislardan uzr so'rayman", - deb gapni qisqa qildi Hamidjon Aktamov.






Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia