Hamidjon Aktamov: "Bu yil kubokni "Paxtakor" ololmaydi"

Sherzod Nurmatov
28 okt 2021
O'zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o'rin olgan AGMK – "Qizilqum" (3:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Xamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Juda yaxshi uchrashuv o'tkazdik. O'yin qiziqarli vaziyatlarga boy o'tdi. Kutilmaganda so'ngi daqiqalarda standart vaziyatdan gol o'tkazib yubordik. AGMK jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilayman.

- Jamoaning jismoniy imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Agar ekstra-taymlarga o'tilganida, qiyinchilik yuzaga kelishi mumkinmidi?

- Bizda zaxira futbolchilari ham bor edi. Yigitlarning jismoniy holati yaxshi. 

- Mutaxassis sifatida hozirda O'zbekiston kubogi uchrashuvlarida o'z yurishlarini davom ettirayotgan jamoalar orasidan qaysilarini imkoniyatini yuqori baholagan bo'lardingiz?

- Shaxsiy fikrimcha, ertaga "So'g'diyona" – "Nasaf" uchrashuvida jizzaxliklar g'olib chiqishi ehtimoli yuqori. Ertangi o'yinda kim g'olib chiqsa, shu jamoa finalgacha yetib boradi va kubokni yutadi. Bu yil "Paxtakor" kubokni ololmaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia