Mazkur musobaqa yangi sanaladi. Yani Ummon bu yoshdagi futbolchilarning birinchi qita birinchiligiga mezbonlik qiladi. Aleksey Evstafeev boshchiligida mazkur musobaqaning saralash turnirida ishtirok etgan vakillarimiz, final bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishga ulgurishganidan xabaringiz bor. Ayni paytda 10 yanvarda start oladigan qita birinchiligida qatnashadigan termamizga kimni bosh murabbiy bo'lishi aniq emas. Shunday bo'lsada, O'FF terma jamoalar bilan ishlar markazi nomzod futbolchilarning hujjatlarini yig'moqda.
Ummonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida “Navbahor”dan uch nafar futbolchi ishtirok etishi mumkin. Kuni-kecha O'FFga jamoamiz a'zolari Akram Bahriddinov, Azim Ahmedov va Ayubxon G'apparovlarning xujjatlarini taqdim etildi. Futbolchilarimizni hozircha terma jamoaga nomzod ekanliklarini etirof etish joiz. Dekabr oyida Ummonga boradigan terma jamoani yig'in o'tkazishi rejalashtirilgan.