

Francuz klubi Hakim Ziesh ushbu transfer oynasida "Vulverxempton"ga o'tib ketgan Pablo Sarabiya uchun o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. PSJ vakillari ayni paytda "ko'klar" bilan ijara shartnomasi borasida muzokaralar olib bormoqda.Tomonlar 1 fevral kuni kechasi yarim tunda transferlar davri tugagunga qadar kelishuvga erishishga umid qilmoqdalar.
Marokash terma jamoasida Zieshni sherigi Ashraf Hakimi futbolchining PSJga o'tganini tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, Ziesh London klubi safida 2020 yildan beri harakatlanmoqda. Joriy mavsumda marokashliy futbolchi Angliya Premer-ligasining 10 ta o'yinida ishtirok etdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ziesh 2015 yildan buyon Marokash termasiga chaqiruv oladi.



