

51 yoshli murabbiy oldiga Tojikiston terma jamoasini 2019 yilda BAAda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga olib chiqish vazifasi qo'yildi.
Hakim Fuzaylovning milliy terma jamoadagi debyuti 2 iyun kuni bo'lib o'tadi. Shu kuni terma jamoa Dushanbeda Bangladesh bilan o'ynaydi. Javob uchrashuvi 7 iyunda Dakka shahrida bo'lib o'tadi. Ushbu juftlik g'olibi OK-2019 saralashi guruh bosqichiga yo'llanma oladi.
Oldimizga qo'yilgan barcha vazifalarni bajarishga urinamiz. Birinchi navbatda bu Osiyo Kubogi-2019ga chiqish. Ishonchim komilki terma jamoamiz buni uddalay oladi, - deydi Fuzaylov TFF rasmiy saytiga.
Hakim Fuzaylov O'zbekistonning Buxoro, Dinamo, Andijon va Lokomotiv kabi klublarida murabbiy bo'lib ishlagan.



