Hakan Chalxanoglu "Inter" ushbu mavsumda Italiya chempionatini yutadi deb hisoblaydi

Alisher
29 mar 2022
"Inter" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu uning fikricha kim skudettoni yutishini aytdi.

"Bizni "Yuventus" bilan juda muhim o'yin kutmoqda. "Milan" turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda, ammo bizda zaxira o'yini bor. Aynan biz muvaffaqiyatni nishonlashga umid qilaman", - deydi Chalxanoglu.

"Milan" A Seriyada 66 ochko jamg'argan holda jadvalda 30 o'yindan so'ng yetakchilik qilmoqda.

"Inter" hisobida esa 29 o'yinda 60 ochko bor va uchinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport