Hakam "Dinamo"ga penalti bermadi, OKMK futbolchisiga sariq kartochka berishi kerak edi. 22-turdagi hakamlik faoliyati tahlili

Оқил Абдубарноев
30 okt 2024
Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref! Telegram kanali muallifi) Superliganing 22-tur o'yinlaridagi bahsli epizodlarni tahlil qildi.

Surxon - Lokomotiv

VIDEO

VAR penaltini bekor qilish uchun epizodga to'g'ri aralashgan. Mazkur vaziyatda Lokomotiv himoyachisi tomonidan hech qanday qoidabuzarlik sodir etilmagan. Surxon o'yinchisi hali kichik kontakt yuzaga kelishidan oldin (fol hisoblanmaydigan) yiqilishni boshladi. Hakamlar brigadasi to'g'ri qaror qabul qildi.


Surxon - Lokomotiv

VIDEO

Hakam uchun murakkab epizod sodir bo'lgan. Birinchidan, hakam rakurs va o'zi turgan poziciya tufayli yakkakurashning barcha tafsilotlarini oxirigacha ko'ra olmadi - o'yinchilar uning nigohini to'sib qo'yishgandi. Ikkinchidan, VAR’ning aralashuvini qo'llab-quvvatlayman, ammo videoyordamchilar qoidabuzarlik qaysi nuqtada yuz bergani haqida mustaqil qaror qabul qilishlari va bosh hakamni monitor yoniga chaqirmasliklari kerak edi. Uchinchidan, himoyachi tomonidan raqib futbolchisining to'xtatib qolish holati yaqqol qoidabuzarlik emasdi, shu bois hakam fol qayd etmasdan, o'yinni davom ettirgan taqdirda ham, uning qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin edi. Lekin, eng muhimi, ushbu vaziyatda Lokomotiv foydasiga penalti belgilanmagani bo'ldi.


Surxon - Lokomotiv

VIDEO

VAR’ning voqeaga aralashib, Surxon foydasiga penalti belgilash qaroriga qo'shilaman. Lokomotiv himoyachisi tomonidan klassik chalish holati ro'y bergan. Penalti to'g'ri belgilangan.


Navbahor - Metallurg

VIDEO

Qoidabuzarlikdan so'ng Navbahor o'yinchisi qasddan oyog'ini raqib tomonga yuqoriga ko'tarib, unga butsasining tag qismi bilan zarba berdi. Bosh hakam Navbahor futbolchisini chetlatib, to'g'ri qaror qabul qildi. VAR voqeaga to'g'ri aralashdi.


Andijon - Olimpik

VIDEO

Takroriy lavhalar sifati Olimpik darvozaboni tomonidan fol bo'lgan-bo'lmaganligini aniq aytishga imkon bermaydi. Ammo hakam yaxshi poziciyada turganini hisobga olsak, uning o'yinni davom ettirish qarorini qo'llab-quvvatlash mumkin.


Andijon - Olimpik

VIDEO

Hakam o'yinni to'g'ri davom ettirdi. Uzatma chog'ida Olimpik himoyachisining qo'li tanaga parallel holatda edi, yani qo'l tana maydonini oshirmagan. Shuningdek, hakamning yaxshi poziciyada turganini etirof etmoqchiman: u epizodni aniq-tiniq ko'rdi va VAR yordamisiz to'g'ri qaror qabul qildi.


Bunyodkor - So'g'diyona

VIDEO

Ikkala o'yinchi ham to'p uchun xavfli kurashga kirishdi. Bunyodkor futbolchisiga omad kulib boqdi, uning yakkakurashga kirishish oldidan ancha baland ko'targan o'ng oyog'i raqib futbolchisining to'pig'iga tegmadi. O'yinchi kurashga juda xavfli tarzda kirdi, ammo fol yo'q edi. So'g'diyona futbolchisi raqib gavdasiga urg'u bergan holda harakatlandi. Hakam So'g'diyona futbolchisi tomonidan qo'pollik ishlatilganini to'g'ri qayd etdi. Shuningdek, uning qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatmagani ham etirof etishga loyiq, chunki qo'l bilan raqibning yuziga zarba berish holati yo'q edi.


Bunyodkor - So'g'diyona

VIDEO

Keling, epizodni ikki qismga ajratamiz. Birinchisi: epizodda oxirigacha kurashgan va sirg'anib turib to'pni maydonda saqlab qolishgan uringan raqibga nisbatan Bunyodkor futbolchisi tomonidan turtish holati tufayli qoida buzilishi. Bu oddiy qoidabuzarlik sanalib, sariq kartochkasiz, faqat og'zaki ogohlantirish bilan chegaralanadi. Ikkinchisi: maydondan tashqarisida yuz bergan to'qnashuv, bu holatda So'g'diyona murabbiyi jabrlandi. U maydonga agressiv tarzda kirib, hakamga shikoyat qila boshladi. Bu, albatta, qizil kartochka degani.

Shaxsiy tajribamdan shuni aytishim mumkinki, bunday epizodlarda qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatish mumkin, chunki to'qnashuv o'yin oxirlab borayotgan pallada yuz bergan. Uchrashuv boshida bo'lganida, bu sariq kartochkasiz qoidabuzarlik hisoblanardi, ammo o'yinning so'nggi daqiqalarida futbolchilarda ham, rasmiylarda ham (birinchi navbatda, murabbiylarda) keskinlik yuqorilaydi.


✅❌ OKMK – Neftchi

VIDEO

Hodisa boshlanishida OKMKning 15-raqamli futbolchisi tomonidan raqibini ushlab qolgan holda to'xtatish holati kuzatilgan. Lekin bu qoidabuzarlik sariq kartochka ko'rsatishga arzigulik emas - darvozaga teskari turgandi, to'p uchun oddiy kurash kechgan, istiqbolli hujumni buzish va ortiqcha tajovuzkor xatti-harakat mavjud emas. Keyinchalik OKMKning 3-raqamli himoyachisi darhol Neftchi hujumchisining qarshisiga yugurib kelib, to'pni tezda o'yinga kiritishiga to'sqinlik qilgan. Sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlari uchun OKMK himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi.


Dinamo - Nasaf

VIDEO

Dinamo himoyachisining qo'liga to'p tekkanini ko'rmadim. Hakam o'yinni haqli ravishda davom ettirdi.


Dinamo - Nasaf

VIDEO

“Nasaf” foydasiga penalti to'g'ri holatda belgilandi. Bu vaziyatda "Dinamo" himoyachisi qo'li uchun javobgardir. Hech kim uni qo'lini tanasining maydonini oshiradigan tarzda harakatlantirishga majburlamagan.


Dinamo - Nasaf

VIDEO

Mening fikrimcha, bu vaziyatda Nasaf darvozaboni tomonidan yaqqol tarzda qoida buzilishi sodir etilgan. Dinamo hujumchisi bilan havodagi kurashda uning qo'llari to'pga etmagan. Shundan so'ng darvozabon qo'li bilan hujumchining yuziga tegib ketgan. Nasaf darvozaboni bu holatda ehtiyotsizlik bilan harakat qildi, qoidabuzarlik uchun penalti belgilash va sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi. VAR mazkur epizodga aralashishi shart edi.


Shu tariqa, 22-tur uchrashuvlarida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'ydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia