Gyundogan "Paxtakor"ga qarshi o'ynashi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2024
Ilkay Gyundogan faolitini Osiyoda davom ettirishi ehtimoli mavjud.

"Al Sadd" "Barselona" yarim himoyachisiga 3 yillik bitim taklif qildi. Futbolchi bu taklifni ko'rib chiqmoqchi.

Xorij OAVda yozilishicha, Gyundogan bu vaziyatdan foydalanib, "Barselona"dagi maoshini oshirib olmoqchi, ammo klubning hozirgi moliyaviy holati bunga imkon bermasligi mumkin.

Nemis xavbeki hamda Kataloniya klubi o'rtasidagi bitim 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, "Al Sadd" OFK Elit Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Qatar klubi ushbu turnirda "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: