Gyotce: "Butun stadion senga hushtak chalsa yoqimsiz"

Omonjon To`xtamirzayev
25 noya 2013
"Bavariya" klubi futbolchisi Mario Gyotce Germaniya chempionati 13-tur doirasidagi "Borussiya D"ga qarshi uchrashuv xaqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi, deya xabar beradi nemis OAVlari.

Pep Gvardiola shogirdlari 3:0 hisobida zafar quchishdi, Gyotse esa o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'yin taqdirini hal etishda asosiy rolni bajardi.

"Bu o'yin hissiyotlarga juda ham boy bo'lishini avvaldan bilgandik. Butun stadion sendan norozi bo'lib, hushtak chalsa yoqimsiz. Lekin qaysidir manoda men ularni tushunaman. Men  birinchi bor bunday holatda qolyapman, shu sababli menga juda qiyin bo'ldi", - dedi futbolchi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: сhampionat.com