Gvineyadagi harbiy to'ntarish tufayli Marokashga qarshi o'yin qoldirildi

Aslanov Jasurbek
6 sen 2021, 01:25
6 sentyabrga belgilangan Gvineya va Marokash terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2022 saralash o'yini o'tkazilmaydi.

Gvineya poytaxti Konakrida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'yin mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli noma'lum muddatga qoldirildi.

Bugun harbiylar Gvineyada to'ntarish uyushtirdi. Isyonchilar mamlakat prezidenti Alfa Kondeni hibsga olganini aytishdi. Xabar qilinishicha, ertalab Konakrining turli hududlarida otishma ovozi eshitilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: cafonline.com