Gvardiola xech qachon ishdan bo'shatilmagani haqida: "Bu soch turmagim boshqalarnikidan yaxshi bo'lgani uchun emas"

Aziz Tukhtamuradov
8 apr 2023
Pep Gvardiola xech qachon ishdan bo'shatilmagani haqidagi savolga hazil aralash javob berdi.

Undan nima uchun o'zi ishlagan klublarda xech qachon iste'foga chiqarilmagani haqida so'rashdi. Pep Angliyagacha "Barselona" va "Bavariya"da ishlagan. 

"Sizga sirini aytaman - biz o'yinlarda g'alaba qozonamiz. Agar biz yutmaganimizda meni bo'shatishardi. Bu soch turmagim boshqalarnikidan yaxshi bo'lgani uchun emas. Biz ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonganligimiz uchun meni ishdan bo'shatishmaydi", - dedi Gvardiola. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Daily Mail