Gvardiola sobiq assistenti "Lester" bosh murabbiyiga aylandi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2023
"Lester Siti" o'zining yangi bosh murabbiyi kim ekanligini e'lon qildi.

Jamoani Enco Markeska boshqaradi. 43 yoshli mutaxassis bilan shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan.

Markeska oldinroq "Manchester Siti"da Pep Gvardiola assistenti bo'lib ishlagan edi. Undan avval 2021 yilning mayidan noyabrigacha mutaxassis "Parma"ni boshqargan.

"Lester Siti" so'nggi mavsum yakunlariga ko'ra Chempionshipga tushib ketdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lcfc.com